Biz haqimizda OAV


ARTON kompaniyasining gazobetoni sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

21 Dekabr 2023

Biz haqimizda OAV

0

ARTON kompaniyasining gazobetoni sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va Turin politexnika universiteti hamkorligida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan gazobeton bloklarining zilzilabardoshligi sinovdan o‘tkazildi.

Sinovlar davomida "ARTON" kompaniyasi tomonidan Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan avtoklav gazobeton bloklari sinov poligonida sinovdan o‘tkazildi.

Bir hafta davomida bosqichma-bosqich o‘tkazilgan sinovlar ushbu kompaniya mahsulotlari maksimal tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tganini ko‘rsatdi.

Mazkur tekshiruv davomida nafaqat mahsulot sifati, balki ko‘p qavatli bino va inshootlar qurilishida uning ishonchliligi ham yana bir bor tasdiqlandi.

https://uzsm.uz/uz/press_center/news/arton-kompaniyasi-gazobetonlari-sinovlardan-muvaffaqiyatli-o-tdi/