Yengil – Kichik vazni yetkazib berish xarajatlarini qisqartirish hamda poydevorga tushadigan yuklamani kamaytirish imkonini beradi.
Mustahkam — devorlarning kichikroq qalinligi (qo‘shimcha issiqlik izolyatsiyasiga ehtiyoj yo‘qligi sababli) binoning tashqi o‘lchamlarini o‘zgartirmagan holda ichki foydali maydonni kengaytirish imkonini beradi.
Tekis — Geometrik o‘lchamlarning yuqori aniqligi bloklar orasida qalinligi 0–3 mm bo‘lgan yupqa choklar hosil qilish imkonini beradi. Bunda bloklar maxsus yelim yordamida teriladi. Tekis sirt binolarning ichki va tashqi pardozlash xarajatlarini kamaytiradi. Suvoq ishlari uchun kamroq mablag‘ sarflanadi va pardozlash ishlari tezroq bajariladi.
Bundan tashqari, D500 gazoblokidan issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ham foydalanish mumkin!

