Yangiliklar


Hamkorlikning yangi bosqichi: Arton va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti gazobeton sanoatini rivojlantirmoqda

13 Aprel 2026

Yangiliklar

79

Hamkorlikning yangi bosqichi: Arton va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti gazobeton sanoatini rivojlantirmoqda

10-aprel kuni Arton kompaniyasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida gazobeton sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Hujjat talabalar va o‘qituvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Kelishuv doirasida gazobeton, uning xususiyatlari va qo‘llash texnologiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish, shuningdek, ta’lim dasturlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 

Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik malakali mutaxassislarni tayyorlash va zamonaviy qurilish materiallarini chuqur o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.