Yangiliklar


ARTON Xorazm viloyatida avtoklavlangan gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy zavodni ishga tushiradi.

10 Iyul 2024

Yangiliklar

2 144

ARTON Xorazm viloyatida avtoklavlangan gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy zavodni ishga tushiradi.

ARTON kompaniyasi Xorazm viloyatida o’zining ikkinchi avtoklavlangan gazoblok ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Yangi zavod 2025-yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi va nafaqat Xorazm va Buxoro viloyatlari, balki Qoraqalpog‘iston uchun ham qurilish sanoatining muhim bo‘g‘iniga aylanadi. Quvvati 300 ming kub metrni tashkil etib, investitsiyalar hajmi 12,5 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Tez rivojlanayotgan O‘zbekistonda, qurilish taraqqiyotning muhim harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda gazoblok O’zbekistonda o‘zining energiya samaradorligi, yengilligi, mustahkamligi va ekologik tozaligi tufayli qurilish sektorining ajralmas qismiga aylandi

Urganchda yangi Arton zavodning ishga tushirilishi mintaqalarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi tufayli 100 dan ortiq odam zamonaviy ishlab chiqarishda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi.

2019-yilda tashkil etilgan ARTON kompaniyasi halqaro sifat standartlariga muvofiq gazoblok ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Ohangorondagi zavod aholini 200 dan ortiq ish joylari bilan taminlab, 500 ming kub. m gazoblok ishlab chiqarish quvvatiga egadir. Arton kompaniyasi yillar davomida O‘zbekistonning eng yirik qurilish korhonalari va developerlari tomonidan e’tirof etildi.

Gazoblok zamonaviy va ishonchli qurilish materiali bo‘lib odamlar salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsiz hisoblanadi. Tarkibi kvarts qumi, tsement, ohak, gips va alyuminiy kukuni tashkil etadi. O‘zining noyob xususiyatlari tufayli dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida qurilishning turli yo’nalishlarida keng qo‘llanib kelinmoqda.

ARTON gazobloklari Yevropa uskunalarida ishlab chiqarilgan, mustahkamlik va yengillikning noyob kombinatsiyasiga ega bo‘lib, ishonchli va zilzilabardosh binolarni qurishga imkon beradi. Gazoblok yuqori darajadagi issiqlik izolyatsiya xususiyatlariga ega bo‘lib, bino ekspluatatsiyasi davomida uyni isitish va sovutish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi, bu esa o’z o’rnida elektr energiya hamda tabiiy gazni tejashga ham yordam beradi.

Kompaniya ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati nazoratiga alohida e'tibor beradi. Zavodning laboratoriyasi jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Laboratoriyaning yuqori malakali xodimlari xom ashyoni sinovdan o‘tkazib, gazoblok ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida, xom ashyoni kirish nazoratidan tortib tayyor mahsulotni sinovdan o‘tkazishgacha, tun-u kun nazoratni amalga oshiradilar. Bunday yondashuv ARTON gazobloklarining O’zbekistoning barcha me'yoriy talablar va standartlarga javob berishini kafolati ta’minlaydi.

Shu bilan bir qatorda ARTON kompaniyasi Andijon shahrida o’zining uchinchi gazoblok ishlab chiqaruvchi zavodini qurilishiga kirishdi va uni 2025-yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 650 ming kub. m tashkil etadi. Bu mintaqada sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabni yanada samarali qondirish imkonini yaratadi.